most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 06:41
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Prezident sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan musobaqa boshlandi
  27 Noyabr, 13:15  28

.

Bugun Xorazm viloyatining Urganch shahrida milliy qadriyatimiz hisoblangan kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotira turniri boshlandi.

Buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lgan kurash sportining boy ananalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga etkazish, o'zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg'usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug'ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2020 yilning 4 noyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4881-sonli qarori qabul qilingandi.

Qarorda kurash bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilish, kurashni xalqaro maydonda rivojlantirish orqali O'zbekistonning jahon sport maydonidagi imidjini yuksaltirish, kurashni umumxalq sport turi va uning jahon sporti durdonasiga aylantirish, milliy sportimizni yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritish soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifa ekanligi ko'rsatib o'tilgan. 

Milliy sportimizning ko'p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, ajdodlarimiz nazarida kurash, eng avvalo polvonlarning har tomonlama etukligi namunasi sifatida sharaf topgan. Polvonlarning jismoniy baquvvatligi, qaddi-qomati, kurashchanligi, epchillik jihatlari bir tomon-u, keng davrada o'zlarini tutishi, axloq-odobi, manaviy qiyofasi, raqibiga, tevarak-atrofga munosabati va hokazo xislatlari alohida ko'rinishda o'rin egallagan. 

SHuningdek, kuragi erga tegmagan pahlavonlarga piru ustoz sifatida ergashish, pandu nasihatlariga amal qilish ham hamisha o'ziga xos qutlug' anana bo'lib kelgan. Fikrimizning yaqqol namunasi xorazmlik mashhur shoir va zabardast polvon Pahlavon Mahmud timsolida mujassamlashgan. SHuning uchun ham bu zoti sharifga o'z davrida “Puryorivaliy” (pahlavonlar pahlavoni) degan yuksak faxriy unvon berilgan.

O'zbkiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan 98-sonli yig'ilish bayoni tasdiqlanib, ushbu yig'ilish bayoniga asosan Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida 2001-2003 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmud xotirasiga bag'ishlangan Markaziy Osiyo xalqaro kurash turnirini 2021 yil 26-28 noyabr kunlari o'tkazilishi belgilandi.

O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun Pahlavon Mahmuddek buyuk bobomiz xotirasiga bag'ishlab o'tkazib kelinayotgan xalqaro turnir milliy sportimiz, kurashimiz rivojida o'zini yuqori nufuziga ega turnir sanaladi. 

Bu yil tashkil etilayotgan turnir gilamiga 2001-2003 yillarda tug'ilgan  yosh polvonlar chiqadilar. Erkaklar : 55, 66, 73, 81, 90, +90 kg vazn toifasida, barchinoy qizlar esa: 57, 63, 70, +70 kg vaznlarda o'zaro bellashadilar.

Mazkur nufuzli musobaqada Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'iston davlatlaridan 30 yaqin polvonlar, O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 200 nafarga yaqin polvonlar kurash gilamiga chiqadilar.

Kecha musobaqa oldidan matbuot anjumani o'tkazildi. Unda viloyat hokimi o'rinbosari, Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Botir Saidov, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Uyg'un Umarov, Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston delegaciyalari rahbarlari ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. 






Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»