Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:25
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Prevyu. AGMK – “Navbahor”
  29 Iyun, 00:10  3

.

Superliga 13-turi doirasida "Navbahor" safarda Olmaliqning AGMK klubiga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 28 marta kuch sinashishgan. O'zaro o'yinlarda olmaliqliklar 12 marta, namanganliklar esa 7 marta zafar quchishgan. To'qqizta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich 37:34, AGMK foydasiga.

O'zaro o'yinlarda olmaliqliklar 45 ochkoni, “lochinlar” esa 30 ochkoni qo'lga kiritishgan.

Jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O'sha yili Namanganda o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o'yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1.

Jamoalarning o'zaro barcha o'yinlari natijalari:

2008 yil
“Navbahor” - OTMK - 2:0 (1:0)
Gollar: Sh.Mirxoldirshoev (25), D.Hojiev (85).

OTMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Sh.Mullajonov (66) - Sh.Sharipov (10).

 2009 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:0
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)
Gollar: S.Usmonxo'jaev (27), B.Haydarov (72-pen.).

2010 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (0:0)
Gollar: I.Ergashev (64), M.Mamazulumov (85) - G'.Jo'raev (51).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: N.Otaqo'ziev (68).

 2011 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: Z.Pirimov (80).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 0:3 (0:1)
Gollar: A.Sultonov (42,67), A.Abdullaev (88).

 2012 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 1:0 (1:0)
Gol: A.Vostrikov (7).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:0)
Gollar: S.Hamidov (8,20), J.Irismetov (60) - S.Berdiev (74).

2013 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:4 (1:1)
Gollar: Sh.Erkinov (6), D.Turopov (52), E.Gogol (81) - A.Bahriddinov (28,54), R.Ahmedov (67,70).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 1:3 (1:3)
Gollar:  S.Hamidov (5) - O.Jo'raboev (23), S.Shoahmedov (32,35).

2014 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:1)
Gol: B.Yoqubov (36), Sh.Erkinov (39,63) - Sh.Hakimov (28).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:1 (1:1)
Gollar: A.Isroilov (6),S.Shoahmedov (52,83) - Sh.Erkinov (31).

2015 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 2:2 (1:1)
Gol: Sh.Erkinov (38,68) -  Sh.Salomov, (45+2), A.Omonov (59).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (1:0)
Gollar: S.Quttiboev (5,65) - D.Jabborov (69).

2016 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (2:0)
Gollar: A.Omonov (4), F.Tojiev (22) - A.Rajabov (71).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:3 (0:2)
Gollar: A.Abdullaev (47), I.Isoqjonov (49), A.Mahmudov (72) - X.Muxtorov (7), M.Isaev (28), A.Amanov (50).

2017 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: S.Rixsiboev (13), I.Yelich (89) – O.O'runov (90).

“Navbahor” – “Olmaliq” – 1:1 (0:0)
Gollar: N.Yovanovich (83) – Sh.Mullajonov (90+2).

2018 yil
AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:0)
Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg'unboev (50), D.Jabborov (90+2).

“Navbahor” – AGMK – 1:0 (1:0)
Gol: D.Stanoevich (15).

2019 yil  
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Sh.Norbekov (90+3) – A.Kasyan (7).

“Navbahor” – AGMK – 0:1 (0:1)
Gol: Z.Polvonov (41).

2020 yil
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:0)
Gollar: Azizbek Turg'unboev (22) – Yovan Jokich (90+2).

“Navbahor” – AGMK – 0:0

2021 yil
AGMK – “Navbahor” – 2:1 (1:1)
Gollar: Sanjar Tursunov (26-penalti), Shohruh Gadoev (71) - Slavisha Stoyanovich (44-penalti).

“Navbahor” – AGMK – 0:0.

Mazkur jamoalarning Olmaliqda o'tkazilgan bahslariga nazar tashlaydigan bo'lsak, 14ta bahsning  8 tasida mezbonlar g'alaba nashidasini surishgan bo'lsa, jamoamiz 3 marta zafar quchgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich 23:18, AGMK foydasiga.

Eslatib o'tamiz, AGMK – “Navbahor” uchrashuvi  1 iyul kuni Olmaliqdagi OKMK SMda soat 20:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»