Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:06
KirishRo'yxatdan o'tish
Pochettino: «Mbappening yordam bera olmagani achinarli, ammo bu bahona bo'la olmaydi»
  5 May, 09:10  11

.

PSJ ustozi Maurisio Pochettino Chempionlar Ligasi yarim finalida «Manchester Siti»ga mag'lub bo'lganidan keyin o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

«Rejadagidek o'ynadik. O'yinni juda yaxshi boshlagandik, vaziyatlar yaratdik va »Man Siti« ustidan hukmronlik qildik. Bu oson emas. Hamma ham shu klub ustidan etakchilik qila olmaydi.

Ba'zida futbolda sizga ozgina omad kerak bo'ladi. Raqib jamoa vaziyatlardan foydalanishda mukamallik ko'rsatdi. Ular biz qattiq bosim qilayotgan holatimizda gol urishdi.

»Manchester Siti«ni tabriklayman, chunki ular fantastik mavsum o'tkazishmoqda. Shu bilan birga o'yinchilarim va jamoamdan ham faxrlanaman.

Kilian Mbappening yo'qligi bahona bo'la olmaydi. Biz bir jamoamiz. Albatta, u bizga yordam bera olmagani achinarli, ammo bu bahona emas. Ushbu omilni bahonsa sifatida qo'llamaslik lozim», — dedi Pochettino.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»