Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:19
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
O'FA tashkiliy qo'mitasi vakillari Osiyo Kubogiga tayyorgarlik yuzasidan Namangandagi ishlar bilan tanishdilar
  20 May, 23:10  5

.

Xabaringiz bor, Namangan viloyati joriy yilning iyun oyida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichi o'yinlariga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Bugun O'FA tashkiliy qo'mitasi a'zolari o'yinlar va mashg'ulotlar bo'lib o'tadigan hududlar hamda u erdagi mavjud sharoitlarni o'rganish, ularni OFK standartiga mos kelishini ta'minlash bo'yicha ishlar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Kun tartibiga ko'ra, dastlab o'yingohlarning tibbiyot va anti-doping xonalarini xalqaro talablarga muvofiq jihozlash, zarur tibbiy uskunalar va kerakli dori-darmonlar hamda tez tibbiy yordam transport vositalari bilan ta'minlash, shu bilan birga, jamoalarga yuqori saviyada tibbiy yordam ko'rsatish ishlarini tashkil etish maqsadida Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy-amaliy markazi Namangan viloyati mutasaddilari bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Kunning ikkinchi qismida esa stadionlardagi sharoitlar o'rganildi. Hakamlar va jamoalar xonalari ko'zdan kechirildi. Bundan tashqari, «To'raqo'rg'on», «Toshbuloq», Uychi, «Dinamo» hamda «Navbahor» zaxira maydonlari borib ko'rildi. Mas'ullarga maydon maysasini parvarishlash, sug'orish tizimi takomillashtirish, mashg'ulot maydonlarini yoritish tizimlarini 500 (markaziy o'yingoh 1 800) lyuks darajaga oshirish hamda o'yingoh hududini obodonlashtirish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.

O'rganish jarayonida Namangan shahridagi «Dinamo» va «Navbahor» zaxira o'yingohlari talab darajasiga keltirilganligi, «Toshbuloq» va «Uychi» o'yingohlari esa joriy yilning 25 may sanasiga qadar, To'raqo'rg'on tumanidagi hamda «Navbahor» markaziy o'yingohini 1 iyunga qadar belgilangan standartga keltirish bo'yicha aniq vazifalar qo'yildi.

Qayd etish joiz, Namangan viloyati bo'yicha O'FA tashkiliy qo'mitasi a'zolari 25 mayda Namangan shahriga qayta tashrif buyurib, tayyorgarlik jarayoni yuzasidan yakuniy xulosani qabul qiladilar.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»