Hi, Guest! Soat: 20:41
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
O'zbek boksi nimaning hisobiga Qozog'istonni ortda qoldirmoqda? Mirzagali Aytjanov javob berdi
  20 Noyabr, 09:32  194

.

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov Qozog'iston va O'zbekiston boksi haqida gapirdi.

"Rivojlanish yo'lida ish olib borilmoqda. Men yanvar oyida jamoaga kelganman, to'rt yil jamoa bilan birga bo'lmadim. Hech kimni ayblamoqchi emasman. Mengacha ishlagan murabbiylar ham katta hajmdagi ishni bajarishgan. Men o'z ishimni qilyapman. Yordamchim, terma jamoa katta murabbiyi Marat Jakiev - mamlakatdagi eng yaxshi mutaxassislardan biri hisoblanadi. 

O'zbekiston nimaning hisobiga bizdan oldinda? Birinchidan, ularda yigitlar intizomli. Ikkinchidan, mehnatsevar. Mashg'ulotlardan so'ng ular kerak bo'lsa uyga borib, uy ishlarini qilishadi. Bizda esa bu borada biroz oqsash bor. Bizning yigitlar asosan shaharlardan. Men bazida ularni urishaman: "Boylarning bolasi" deb. SHuning uchun, bolalikdan mehnatga o'rgatish kerak", - dedi Aytjanov.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»