Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 04:14
KirishRo'yxatdan o'tish
Mundo Deportivo: Agar «Barselona» mavsumni sovrinsiz yakunlasa, Kuman jamoani tark etadi
  20 Fevral, 10:15  30

.

«Barselona» klubi joriy mavsumda birorta sovrinni qo'lga kirita olmasa, jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman iste'foga chiqariladi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.

Niderlandiyalik mutaxassis tomonidan yo'lga qo'yilgan o'yin klub rahbariyatiga ma'qul kelmoqda, ammo ular "Barsa" mavsumni sovrinsiz yakunlashi mumkinligidan xavotir olishmoqda.

"Ko'k-anorranglilar"ning joriy mavsumda sovrin yutish imkoniyati tobora pasayib bormoqda. Jamoa La ligada peshqadam «Atletiko Madrid»dan 9 ochko ortda qolmoqda. Chempionlar ligasida esa klub nimchorak final bosqichida o'z uyida "PSJ"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, "Barsa" Ispaniya kubogi yarim final bosqichida «Sevilya»ga dastlabki o'yinni 0:2 hisobida yutqazdi. Javob uchrashuvi 3 mart kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»