Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 04:48
KirishRo'yxatdan o'tish
«Barselona» himoyachisi safga qaytdi
  14 Fevral, 20:30  55

.

Kataloniyaliklar himoyachisi Jerar Pike jarohatidan to'liq tiklanib jamoa mashg'ulot bazasiga qaytdi.

Bu haqda Marca xabar beradi. Futbolchi noyabr oyida «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan edi. Shu sababli u 3 oyni lazaretda o'tkazib yubordi. Endi Jerarning «PSJ»ga qarshi o'yinda maydonga tushish-tushmasligi ertangi tibbiy tekshiruvda ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Pikedan tashqari bundan avvalroq «Barsa»ning yana bir futbolchisi Arauxo ham safga qaytgan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 4

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»