Hi, Guest! Soat: 08:16
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Ana xolos! Kilian Mbappe "Arsenal"ga o'tishni istab qoldi
  7 Iyul, 16:20  28

.

"PSJ" hujumchisi APL tomon yo'l oladi. Independent nashriga ko'ra, Kilian Mbappe "Real"ga o'tmaydi. Madridliklar prezidenti Florintino Peres "PSJ"ga hujumchi uchun bir tiyin ham to'lamoqchi emas. U bir yil kutib, Mbappeni tekinga qo'lga kiritishni maqsad qilgan.

Parij klubi esa 24 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma imzolay olmasa, uni shu yozda 200 million evroga sotmoqchi. Mbappening keyingi manzili APL bo'lishi mumkin.

Ammo unga da'vo qilgani aytilayotgan "Liverpul" hujumchi uchun talab qilinayotgan summani to'lay olmaydi. Shu sabab Mbappe "Arsenal"ga yo'l olishi mumkin. Unga Mikel Arteta jamoasining o'yin uslubi yoqadi. Qolaversa, jamoaning dunyodagi obro'si va muxlislar bazasi ham hujumchini rom etgan. Shu sabab u o'zini APLda sinab u ko'rishni maqsad qilgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar
A

 Azizbek005  [off]
 07.07.2023 / 18:04

Biror fakt gap xam yoq ekan qanday malumot bu

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»