Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:04
KirishRo'yxatdan o'tish
Messi yoki Ronaldu? Shomurodov javob berdi
  15 Yanvar, 23:25  101

.

"Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning "La Gazzetta dello Sport" nashriga intervyu berdi.

"Jenoa"dan taklif tushganida men darhol rozi bo'ldim. Ha, qiyinchiliklarga duch kelishim mumkinligini bilardim. Menda esa faqat bitta yo'l mavjud edi: tinimsiz mehnat orqali o'zimni ko'rsatish.

Jismoniy holatim ustidan ko'p ishladim. Qolgani esa texnik va aqlga bog'liq. Men O'zbekistonda "Mash'al" klubi akademiyasida tarbiyalanganman. O'shanda men hujumchi nafaqat jismoniy jihatdan kuchli bo'lishi kerak, balki to'pni nazorat qilish kerakligini ham tushunib etgandim.

O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko'p. Ular ham xorijning kuchli jamoalarida o'ynashga munosib. Ehtimol, ular mening ortimdan Evropaga yo'l olishar.

Meni o'zbekistonlik Messi deb atashyaptimi? Ochig'ini aytsam, nima uchun bunday deyishlarini tushunmayman. Mening futboldagi kumirlarim — Drogba va Rivaldo. Rivaldo "Bunyodkor"da o'ynaganida uning futbolkasini olgandim.

Mourino? Shunchaki u birinchi raqamli murabbiy. Eng yaxshi futbolchi? Ularning soni ko'p. Men esa Krishtianu Ronalduni tanlayman", — dedi Shomurodov.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»