![]() |
Germaniya Futbol Associaciyasi o'z uyida o'tkaziladigan Evro-2024 ga qadar termani boshqarib turadigan bo'ldi. Muzokaralarda so'nggi tafsilotlarga aniqlik kiritish qoldi xolos.
Nagelsmann yiliga 4 million evro oladi. Yulianga yiliga 7 million evro olib kelgan "Bavariya" bilan shartnoma tovonsiz bekor qilindi. Evro-2024dan keyin u yana erkin agentga aylanadi.
36 yoshli mutaxassis bungacha "Xoffenxaym", "Leypcig" va "Bavariya" klublarini boshqargan. Terma jamoada u o'rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga qarshi o'yinda 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchragan va so'nggi 17 ta uchrashuvda atigi 4 ta g'alabadan so'ng istefoga chiqarilgan Xans-Diter Flikning o'rnini egallaydi.
Manba: olamsport.com
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»