Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:32
KirishRo'yxatdan o'tish
Murat Gassiev raqibidan 4 kg og'irroq tosh bosdi
  22 Iyul, 12:15  17

.

Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.

"Dinamo" voleybol arenasida o'tkaziluvchi oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida rossiyalik sobiq jahon chempioni Murat Gassiev hamda germaniyalik Mixael Vallish o'rtasida kechadi. O'n ikki raundga mo'ljallangan jang g'olibi WBA Asia kamariga ega chiqadi. 

Kecha esa professional boks kechasi ishtirokchilarini tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi. Gassiev - 106,5 kg, uning raqibi Vallish esa — 102,6 kg tosh bosdi.

SHuningdek, bugungi boks oqshomida Mixail Aloyan Lindil Tshemesega, Edgar Gukasyan Rikardo Viyyalbaga qarshi ringga ko'tariladi. 

Malumot uchun, birinchi og'ir vazn toifasida sobiq WBA va IBF chempionlik kamarlari sohibi bo'lgan Murat Gassiev oxirgi jangini 2020 yilning oktyabrida albaniyalik Nuri Seferiga qarshi o'tkazib, raqibini nokautga uchratgan edi. Bu uning superog'ir vazndagi debyut jangi bo'lgandi. Gassiev hisobida 27 g'alaba va bir mag'lubiyat bor. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... 0.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»