most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 14:25
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Men juda ko'p jang qildim, lekin reytingda atigi ettinchi o'ringa ko'tarildim
  22 Oktyabr, 18:50  85

.

Yarimog'ir vazn toifasidagi rossiyalik jangchi Magomed Ankalaev UFC reytingidagi o'z o'rniga qaramasligini aytdi .

Hozirgi kunda Ankalaev ettinchi o'rinni egallab turibdi.

«Mening oltita g'alabali seriyam bor. Bu vaznda to'rtinchi eng uzun seriyaga ega CHak Liddell bilan tenglasha olamanmi? Men juda ko'p kurashdim va reytingda faqatgina ettinchi o'ringa ko'tarildim. SHuning uchun, men endi o'z o'rnimga etibor bermayman. Lekin bu yoqimli. Maqsadim - chempion bo'lish, kamar qo'lga kiritish va biz shunga qarab boramiz. 

Biz chempion bo'lish uchun hamma bilan kurashamiz. Kimni raqib qilib berishsa, men ham qabul qilaman. Ozdemirni mag'lub etsam, Proxazka, Entoni Smit, Tiago Santos va Aleksandr Rakichdan biri bilan jang qilamanmi? Endi shunday bo'ladiki, ularning har biri kimdir bilan urishadi. Ulardan qaysi birining tayyor bo'lishi men uchun farqi yo'q. 

Ozdemir bilan bo'ladigan jang menga katta yo'l ochadi. Bo'lajak jangdan oldin ham men aytib o'tilgan yigitlardan biri bilan uchrashishni so'radim, lekin ular bu imkonni menga berishmadi. Meni bu raqiblarning har biri qiziqtiradi», - dedi Ankalaev «CHempionat» muxbiri Mixail Huseynovga bergan eksklyuziv intervyusida.


Manba: olamsport.com

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»