most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:43
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
MDH o'yinlaridagi medallarimiz roppa-rosa 80 taga etdi + JADVAL
  9 Sentyabr, 22:35  200

.

Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stlik o'yinlari davom etmoqda.

Musobaqaning oltinchi kungi bahslaridan so'ng O'zbekiston sport delegaciyasi hisobidagi medallar soni roppa-rosa 80 taga etdi. SHundan 21 tasi oltin medal, kumush medallar soni 29 ta, bronzalar esa 30 tani tashkil etmoqda. Bugun dzyudochilarimiz delegaciyamiz g'aznasiga 12 ta (4 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza) medal taqdim etishdi. O'zbekiston sport delegaciyasi umumjamoa hisobida hamon Rossiyadan so'ng ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Mezbonlar 95 ta oltin, 32 ta kumush, 38 ta bronza, jami 165 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishgan. Ozarbayjon 13 ta oltin, 10 ta kumush, 23 ta bronza medali bilan uchinchi o'rinni band etgan. O'n ikkita oltin, 32 ta kumush, 45 ta bronza medaliga ega Qozog'iston delegaciyasi to'rtinchi pog'onadan joy olgan. 



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»