Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:07
KirishRo'yxatdan o'tish
Mbappe «Real»ga ishonadi
  17 Iyul, 13:00  74

.

«AS» nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, Kilian Mbappe «Real» o'zini transferini amalga oshirishi bo'yicha faol harakat kutayotganini ta'kidlamoqda. Futbolchi «qaymoqranglilar» «PSJ»ga bosim o'tkazishini istaydi. Ammo ispanlar moliyaviy jihatdan juda kuchli bo'lgan parijliklar bilan ochiq to'qnashuvni istamaydilar.

Ammo, xabarlarga ko'ra, Mbappening atrofidagilar hanuzgacha «Real»ga bosim o'tkazmoqda va Madrid klubidan Kilian transferi bo'yicha harakat talab qilmoqda. Forvard Madridda o'ynashni orzu qiladi. Agar «PSJ»
frantsuz futbolchisini yangi shartnomani imzolashga ishontirmasa, unda 2022 yilning yanvarida Mbappe «Real» bilan dastlabki shartnoma imzolaydi.

«Mbappening kelajagi hal qiluvchi kunlar kelmoqda», deb xabar beradi «AS».
Ayni paytda «Real» frantsuz uchun «PSJ»ga norasmiy so'rov bilan murojaat qildi. Parij klubi esa «qaymoqranglilar»ga Mbappe sotilmasligi haqida aytgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»