Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:20
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Manchester Siti"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
  20 May, 22:30  6

.

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi.

Bu sovrin belgiyalik uchun faoliyatidagi ketma-ket ikkinchisi bo'ldi, chunki roppa-rosa bir yil avval ham mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgandi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda De Bryuyne "Manchester Siti"ga Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqish va APL chempionligi uchun kurashda yordam berdi. Yakshanba kuni o'z uyida "Vest Xem"ni mag'lub etishsa, "shaharliklar" yana bir bor turnirning oltin medalini qo'lga kiritishlari mumkin.

De Bryuyne 2015 yilning yozida Germaniyaning "Volfsburg" jamoasidan taxminan 55 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tgan edi.

Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi APLda 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»