Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:23
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Manba: Neymar "PSJ" rejalarida yo'q
  29 Iyun, 00:25  5

.

"PSJ"ning braziliyalik hujumchisi Neymar yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda El Pais xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Parij klubi vakillari braziliyalikning yaqinlari bilan bog'lanib, futbolchiga norozilik bildirishgan. Ular klub keyingi mavsumda Neymarni rejalariga kiritmaganiga ishontirishdi.

“Neymar mashg'ulotlarni yoqtirmaydi. U ko'p yillar davomida uch yoki to'rtta qo'shimcha funt bilan o'ynadi. O'yinlar davomida u passivlik va himoyada ishlashni istamasligini ko'rsatdi", - deya PSJ vakillarining so'zlaridan iqtibos keltiradi manba.

Avvalroq Neymarning o'zi prezident Nosir Al-Xelayfiyning so'zlaridan so'ng parijliklar bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida emasligi xabar qilingandi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»