most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 04:20
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Madrid sudi «Bavariya» himoyachisini 6 oylik qamoqqa hukm qildi
  14 Oktyabr, 07:40  11

.

Ispaniya sudi «Bavariya» himoyachisi Lyuka Ernandesni 6 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.

Gap shundaki, hali "Atletiko"da o'ynayotgan Ernandes va uning dugonasi Ameliya de la Osa Lorente ko'chada kuchli tortishib qolishgan va futbolchi qizni urgan. Sud esa 2017 yilda Lyukani 31 kunlik jamoatchilik ishlari hamda 6 oy davomida Ameliyaga 500 metr masofada yaqinmashmaslik haqida qaror chiqargandi. Shunga qaramay, juftlik yarashib olishgandi va ta'tilni Mayamida o'tkazish uchun jo'nab ketishgandi.

Ya'ni Ernandes sud qaroriga bo'ysunmagani uchun yanada jiddiyroq jazoga hukm qilindi. Futbolchi 19 oktyabr kuni Madridga tashrif buyurishi va qaysi qamoqxonada jazoni o'tashiga oydinlik kiritishi kerak.

Lyukaning advokatlari ushbu qaror yuzasidan apellyatsiya berishdi va ular qamoq jazosining bekor qilinishiga erishishmoqchi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»