Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:23
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Lion" himoyachi uchun kurashda "MYu"ni dog'da qoldirishga yaqin turibdi
  23 Iyun, 16:50  4

.

Frantsiyaning “Lion” klubi “Manchester Yunayted”dan “Feyenoord” himoyachisi Tirella Malasiyani "ilib" ketmoqchi. Jurnalist Saymon Mullokning yozishicha, Rotterdam klubi “Lion” klubidan 18 million evrolik taklif olgan.

Eslatib o'tamiz, Malasiya "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xagning transfer maqsadlaridan biri edi. Niderlandiyalik murabbiy Amsterdamning “Ayaks” klubida ishlagan vaqtida himoyachini diqqat bilan kuzatib turardi.

Qayd etilishicha, “Feyenoord” ayni damda “Lion”ning Malasiya transferi bo'yicha taklifini qabul qilishga tayyor. O'tgan mavsumda niderlandiyalik himoyachi chempionatda bitta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»