Hi, Guest! Soat: 03:22
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Levandovski dam olish kuni ham mashg'ulotlar o'tkazdi
  29 Sentyabr, 02:10  6

.

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski mashg'ulotdan olingan yangi surat bilan bo'lishdi. Polyak butun jamoa dam olgan kuni sport zalida mashq o'tkazishga qaror qildi.

"Dam olish kunlari yo'q, mashg'ulot vaqti", - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.


Levandovski yozgi transfer oynasida "Bavariya"dan "Barselona"ga o'tdi va 2026 yilgacha shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda hujumchi Kataloniya klubi safida barcha turnirlar doirasida 8 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq Levandovski Ispaniya va Germaniya chempionatlarini solishtirgandi. Unga ko'ra, Bundesligada ko'proq jismoniy kurashga urg'u berilgan, La Ligada esa jamoalar futbol o'ynashni xohlashadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»