Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:51
KirishRo'yxatdan o'tish
Leonardo: «PSJ» kichik detallar tufayli EChLda g'olib chiqa olmayapti»
  5 May, 10:00  6

.

«PSJ» sport direktori Leonardo jamoasining Chempionlar ligasidan chiqib ketganiga izoh berib, klubning keyingi mavsum uchun rejalari bilan o'rtoqlashdi.

«Yarim finalda «Manchester Siti» bilan o'tkazilgan 4ta bo'limga tahlil qiladigan bo'lsak, nazarimda, dastlabki 2tasida biz ustunlikka erishdik. Ammo xatolarimiz o'yin taqdirini hal qildi. Raqib safida ajoyib jamoaga yig'ilgan. Ular bir necha yillardan bir murabbiy qo'lostida o'ynab kelishmoqda. Ular finalga chiqishga munosib edilar.

Hozir iqtisodiy hisobot tuzadigan payt emas, ammo biz tarkibni kuchaytirishni o'ylayapmiz. Chempionlar ligasida g'olib chiqish uchun hech qanday majburiyatimiz yo'q, jamoamiz hozirda Evropaning 4 klubi safiga kiradi. Jamoaning o'zagi saqlab qolinadi. Jamoada yosh, ammo tajribali o'yinchilar yig'ilgan. Futbolchilar 22-28 yosh oralig'ida. «PSJ» o'sib bormoqda, faqat kichik detallar tufayli Chempionlar ligasida g'olib chiqa olmayapmiz», — dedi Leonardo.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»