Hi, Guest! Soat: 03:45
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Kurtua Kanada ustidan qozonilgan g'alaba haqida: "Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emasdi"
  24 Noyabr, 16:45  6

.

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua JCH-2022 guruh bosqichi doirasidagi Kanadaga qarshi o'yini (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Raqiblarimiz ko'p zarba berishdi, ammo ular uch marta darvozani aniq poylashdi. Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emasdi. Ko'p jihatdan kuchayishimiz kerak. Birinchi o'yinda darvozadan to'p olib chiqmaslik muhim edi. Marokashliklar juda yaxshi pressing qilishdi. Buni kutmagan edik. Darvoqe, men Ispaniyaning o'yinini to'liq ko'rmadim. Kiyinish xonasida biroz tomosha qildik. O'ylashimcha, Luis Enrike juda raqobatbardosh jamoa tuzdi", – dedi darvozabon.

2022 yilgi Jahon chempionati Qatarda bo'lib o'tmoqda va 18 dekabrda yakunlanadi. Belgiya "F" guruhida Marokash, Kanada va Xorvatiyaga qarshi o'ynaydi. Navbatdagi uchrashuvda jamoa 27 noyabr kuni marokashliklar bilan to'qnash keladi.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»