Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:37
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Korme Maxachev va Oliveyra jangi haqida: "U chempionlik uchun navbatdagi davogar"
  14 May, 12:55  122

.

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Daniel Korme braziliyalik CHarlz Oliveyra va rossiyalik Islam Maxachev o'rtasida jang tashkil etishga chaqirdi.

"Oliveyra va Maxachev o'rtasida jang tashkil qilishimiz kerak. SHunday bo'lishini xohlayman. Beneil Dariush hozir jarohat olgan. Demak, CHarlz va Islam o'rtasidagi jang oktyabr oyida Abu-Dabida tashkil etilishi kerak.

Abu-Dabi turniri allaqachon rejalashtirilgan. SHuning uchun bu to'qnashuvni tashkil etish va engil vaznda dunyoning eng yaxshi jangchisi kim ekanligini aniqlashga imkon berish vaqti keldi.

Beneil Dariushni ham etibordan chetda qoldirmadim. Men Dariushni Dastin Porega qarshi oktagonga chiqishini istayman. Unga sobiq vaqtinchalik chempion bilan jang qilish imkoniyatini bergan bo'lardim. Agar Beneil Dastinni mag'lub etsa, u chempionlik uchun navbatdagi davogarga aylanadi", — deya Kormening so'zlaridan iqtibos keltiradi Sportskeeda.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»