Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 00:56
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Klopp - Liga Kubogi haqida: Hamma sovrinlarni qo'lga kiritish qiyin"
  14 May, 12:00  4

.

Yurgen Klopp Angliya kubogi finalida "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu erda aniq javob yo'q. Bir tomondan, hamma sovrinni yutib bo'lmasligi aniq, hech bo'lmaganda juda qiyin. Boshqa tomondan, biz qo'lga kiritgan yutuqlarimizga qarashimiz va o'ylashimiz kerak: "Bu muvaffaqiyatmi?"

O'ylaymanki, hozircha mavsum biz uchun juda muvaffaqiyatli o'tayotganiga barchamiz rozi bo'lamiz. Ammo boshqa hech narsa yutmasak, mavsum bunday bo'lmaydi.

Biz allaqachon Liga kubogini yutganmiz, lekin biz “Liverpul”miz, jahon darajasidagi klubmiz, bizda jahon darajasidagi jamoamiz bor. Shuning uchun, agar siz faqat Liga kubogini qo'lga kiritgan bo'lsangiz va shu bilan birga boshqa turnirlarning finalida o'ynagan bo'lsangiz, mavsumni mutlaqo muvaffaqiyatli deb hisoblash qiyin. Biz buni juda yaxshi bilamiz” - dedi Klopp.

36-turdan keyin “Liverpul” APLda “Manchester Siti”dan 3 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.

28 may kuni “qizillar” Chempionlar ligasi finalida “Real”ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»