most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 07:07
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Jahon chempionatida "Cobalt" va "Spark" avtomashinalari o'z egalariga topshirildi FOTOGALEREYA
  27 Noyabr, 14:00  52

.

Jizzax shahrida o'tkazilgan belbog'li kurash bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

25-26 noyabr kunlari Jizzax shahridagi "Sug'diyona" sport majmuasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha 2001-2003 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.


Mukofot jamg'armasi 56 000 AQSH dollari bo'lgan jahon chempionatining birinchi kungi belbog'li kurash yo'nalishi bo'yicha bahslarida terma jamoamiz 13 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kirtigandi. 

Belbog'li kurashning erkin yo'nalishida kechgan kechagi bellashuvlarda esa umumjamoa hisobida Qozog'iston polvonlari eng ko'p oltin medallarni jamg'argan holda birinchi bo'lishdi.


Nihoyat, jahon chempionati yakuniga etgach g'olib va sovrindor sportchilarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlarga diplom, medal hamda belgilangan 10.000000, 7.000000 va 5.000000 so'm pul mukofotlari topshirildi. 

Bundan tashqari musobaqaning birinchi kungi natijalariga ko'ra umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan O'zbekiston terma jamoasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - "Kobalt" avtomobili taqdim etildi. 


Ikkinchi kungi erkin yo'nalishda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan Qozog'iston terma jamoasiga ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini - "Spark" avtomobili topshirildi.


Tantanali tarzda o'tgan taqdirlash marosimida Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek Abduxalilovich G'aniev, Jizzax viloyati hokimi o'rinbosari Sindor Rahmonqulov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'min Murotov va boshqalar ishtirok etishdi. 


SHuningdek, jahon chempionati  doirasida Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasining tasis yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur tasis yig'ilishida Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasiga o'zbekistonlik Mo'min Murotov rais etib saylandi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Quyida ikkinchi kungi erkin yo'nalishda g'olib va sovrindorlar bilan tanishing.

O'g'il bolalar. Erkin yo'nalish

57 kg vazn toifasi

1. Kamronbek Ortiqov (O'zbekiston) 

2. Danicher O'ralov (O'zbekiston) 

3. Jandos Obubakirov (Qozog'iston) 

3. Narirbay at Kenxebay (Qirg'iziston) 

62 kg vazn toifasi

1. Nursultan Nurseitov (Qozog'iston)

2. SHohruh Zokirov (O'zbekiston) 

3. Kalisbek Kayumov (Qirg'iziston) 

3. Ismoil Umirzoqov (O'zbekiston) 

  

68 kg vazn toifasi

1. Sayan Kurmangaliev (Qozog'iston) 

2. Nurkanat Kainberdiev (Qirg'iziston) 

3. Fayozbek Abdug'afforov (O'zbekiston)

3. Ilyos Ahmadov (O'zbekiston) 

75 kg vazn toifasi

1. Ilnaz Ramazanov (Rossiya) 

2. Asadbek Rahmatov (O'zbekiston) 

3. Alan Tekeev (Rossiya) 

3. Naurizbek Mamit (Qozog'iston) 

82 kg vazn toifasi

1. Zamir CHomaev (Rossiya) 

2. Artur Zaripov (Rossiya) 

3. Muhammadjon Rasulov (O'zbekiston) 

3. SHeroz Oqilov (Tojikiston) 

90 kg vazn toifasi

1. Aybergen Aldabergen (Qozog'iston) 

2. Bakitbek Uulu Bekzod (Qirg'iziston) 

3. Asadbek Xotamov (O'zbekiston) 

3. Diyorbek Xudoyberganov (O'zbekiston) 

-100 kg vazn toifasi 

1. Zangar Janabek (Qozog'iston) 

2. Azizbek Abdumalikov (O'zbekiston) 

3. Nurmambet Raimali (Qirg'iziston)

3. Aydar Karimov (Rossiya) 

+100 kg vazn toifasi

1. Zurab Makatsarli (Rossiya) 

2. Nurali uli Bekzat (Qozog'iston)

3. Ozod  O'rinboev (O'zbekiston)

3. Arslanbek Turdurbekov (Qirg'iziston)


Qizlar. Erkin yo'nalish

48 kg vazn toifasi

1. Muxlisaxon Sotvoldieva (O'zbekiston) 

2. Aygerim Retbaeva (Qozog'iston) 

3. Balimay Tolegaev (Qozog'iston)

3. Durdona Karimova (O'zbekiston) 

52 kg vazn toifasi

1. Yulduz Abdullaeva (O'zbekiston) 

2. Zalina Islamova (Rossiya) 

3. Nazerke Abiltaeva (Qozog'iston) 

3. SHahnoza Abduqodirova (Qodirova)

58 kg vazn toifasi

1. Olga SHugaeva (Rossiya) 

2. Ayaulm Kuanishova (Qozog'iston)  

3. Sagat Baigaraeva (Qozog'iston) 

3. Aksungul Jangabaeva (O'zbekiston)  

66 kg vazn toifasi

1. Asijan Orunbasarova (Qozog'iston) 

2. Jahona Esonova (O'zbekiston) 

3. Juldiz Jumaxan (Qozog'iston) 

3. Mashhura Sunnatillaeva (O'zbekiston) 

76 kg vazn toifasi

1. Zeboxon Nosirova (O'zbekiston) 

2. Becket Kaddigul (Qozog'iston) 

3. Dinoraxon Qosimova (O'zbekiston) 

3. Dina Bodan (Qozog'iston) 

+76 kg vazn toifasi

1. Aizxan Anarbekova (Qirg'iziston) 

2. Janaya Intikbay (Qozog'iston) 

3. Nargiza Daryabaeva (O'zbekiston) 

3. Fazilatxon Tursunova (O'zbekiston)


































Alimurod MAMADAMINOV, Ilhom RAHMONOV Jizzax shahridan 


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»