![]() |
Toshkentdagi jahon chempionatida 92 vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritgan ozarbayjonlik Muhammad Abdullaev Bahodir Jalolov haqida gapirdi.
«O'zbekiston va Qozog'istonda boks azaldan juda kuchli rivojlangan. Ular har doim juda kuchli bo'lishgan. Ha, Rossiya va Kuba ananaviy ravishda kuchli. Lekin hozir O'zbekiston va Qozog'iston bokschilari etakchi. Ular hech qachon kubalik va ruslardan qolishmagan. Bahodirga kelsak, Olimpiadada unga yutqazganman. Jahon chempionatida esa u bilan jang qilishimga imkon berishmadi. Finalda kubalik bokschi unga qarshi chiqishni ham istamadi, Bahodirdan ehtiyot bo'ldi», - dedi ozarbayjonlik bokschi.
Manba: olamsport.com
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»