most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 00:04
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Hamisha qalbimizdasan, Kamoliddin!
  14 Sentyabr, 17:25  144

.

Bugun erta tongdan internet nashrlarida tarqalgan noxush xabar qalblarni larzaga soldi.

Bevaqt o'lim dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga nomzod sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi, 2019 yilgi Toshkent Gran-pri turnirining kumush medali sovrindori Kamoliddin Rasulovni oramizdan erta olib ketdi. U kecha elon qilingan IJF reytingining -81 kg vazn toifasida 34-o'rinni egallab turgandi. 

Ochig'i, bu xabarni eshitgan paytda ishonmadim. CHunki, Kamoliddin rostan ham juda tarbiyali, odobli edi. Uyatchanligidan har safar intervyu so'raganimda rad javobini olardim. Javobi har gal "aka, nima deyman" bo'lardi. Jamoadoshlaridan, tanigan va tanimagan insonlaridan hech qachon yordamini ayamagan. Ana shunday fazilatlarga ega inson endi oramizda yo'q. U endigina 29 yoshni qarshilagan edi. 

Kamoliddin dzyudodan tashqari kurash va sambo sport turlarida ham ijobiy natijalarga erishgan edi. 2012 yil sambo bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati g'olibi bo'lgandi. Kurash bo'yicha ham jahon chempionatining oltin medaliga ega chiqqandi. 

Kamoliddin Rasulov 1992 yil 20 iyul kuni polvonlar yurti - Qashqadaryo viloyati SHahrisabz tumani Mo'minobod qishlog'ida kurashchilar oilasida dunyoga kelgan. Qashqadaryo polvonlar diyori bo'lgani uchun bolaligidan kurashga mehr qo'ydi. Bunda tabiiiyki, oilaviy muhitning tasiri katta bo'lgan. Kichik Kamoliddin otasi va akasining izidan borib, kurashga mehr qo'ydi. Sportdagi birinchi medalini CHiroqchidagi turnirda qo'lga kiritgan. -26 kg vaznda kurashgan yosh Rasulov ilk bor shohsupaga ko'tarilgan edi. U yoshligidan mashhur polvonlar Bahrom Avazov, Farhod To'raev, Kamol Murodovga havas qilgan. Abdulla Tangriev, Rishod Sobirov singari dzyudochilarimizdan ilhomlangan. Ilhom Murodov, Asadullo Bozorov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Ravshan Ahmadjonovdan kurash, sambo sir-asrorlarini o'rgandi. 

Marhumning oila azolari va yaqinlariga Yaratgandan chiroyli sabru jamiyl tilaydi. O'tganlarni Alloh rahmatiga olsin.     



Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»