Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 03:19
KirishRo'yxatdan o'tish
Gvardiola: «Finalga chiqish — 4-5 yillik mehnatlarimiz samarasi»
  5 May, 10:05  6

.

«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola PSJga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsidan (2:0) keyin o'z fikrlari o'rtoqlashdi.

Bu g'alaba hammamiz va butun klub uchun. Juda ham faxrlanaman. Birinchi o'ylarim bugun maydonga tusha olmagan futbolchilarga qaratilgan. Ularning barchasi o'ynashga haqli edilar, g'alabada hammaning hissasi bor va hozir muvaffaqiyatdan rohatlanish vaqti. Biz chempionatni yutishimiz va va finalga 2-3 hafta tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

PSJ — kuchli jamoa. Ular har yili ligalarida chempion bo'lishadi, g'alaba uchun yaratilgan jamoa. Lekin, biz butun jamoa bo'lib kurashdik va finalga chiqdik. Odamlar finalga yo'l olish oson deb o'ylashadi. U erga borish 4-5 yillik mehnatlarimiz samarasi hisoblanadi.

Har kuni yigitlar barqaror darajada ishlashdi va bu ajoyib. Kichik detallar evaziga ham musobaqdan chiqib ketish mumkin. Bu musobaqada g'alaba qozonish qiyin", — dedi Gvardiola.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»