Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:53
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Gvardiola - Gyundoganning ketishi haqida: "Men klub ishlaridan xabardorligimga shubha qilib qoldim"
  20 May, 22:45  13

.

"Barselona" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Ilkay Gyundogan yozda ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Avvalroq OAVda yarim himoyachi Bundesligaga qaytishi yoki Londonning “Arsenal” klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

«So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Gyundoganning ketishi haqida shunchalik ko'p ma'lumotlar tarqaldiki, men klub ishlaridan xabardorligimga shubha qilib qoldim. Men bu vaziyatni bilmayman. Balki menga ko'proq ma'lumot berarsiz», - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, Ilkay Gyundogan 2016 yilning yozida "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Nemis futbolchisi Xosep Gvardiolaning "shaharliklar" boshqaruvidagi ilk transferlaridan biri edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»