most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:31
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
G'iyosov va Do'stmatov qaytdi, Jalolov esa... Terma jamoamizning Jahon chempionatiga yo'l oladigan tarkibi malum
  11 Oktyabr, 10:55  236

.

Joriy yilning 22-oktyabr – 7-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu jahon chempionatida ham O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan musobaqaga hamyurtlarimiz ham astoydil tayyorgarlik ko'rishmoqda. Etiborlisi, terma jamoamizning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vice chempioni, 2017-yil Germaniyada o'tkazilgan jahon chempionati g'olibi SHahram G'iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do'smatov ham kiritilgan.

SHuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, SHahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, SHohjahon Abdullaev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov joy oldi.

Bokschilarimiz bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg'ulotlar olib bormoqda. Eslatib o'tamiz, 2019-yilda tashkil etilgan so'nggi jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritgan edi.


Manba: olamsport.com

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»