most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 13:02
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Futzal. Markaziy uchrashuvda kuchlar teng keldi
  15 Yanvar, 00:05  5

.

Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo'yicha mamlakat chempionatining 5-tur o'yinlari davom ettirildi.

Nafaqat turning, balki chempionatning markaziy uchrashuvlaridan biri sifatida ta'rif berilgan AGMK va “Lokomotiv” uchrashuvi kutilganidek shiddatli, keskin va murosasiz, qiziqarli o'tdi. Xavfli vaziyatlar, takrorlanmas kombinatsiyalar, maroqli individual xatti-harakatlar har ikkala jamoa tomonidan namoyish etib berildi. Yakunda hisob ham shunga yarasha bo'ldi – darvozani nishonga olish hech bir jamoaga nasib etmadi.

Qolgan uchta o'yinda ham teng kurashlar kuzatildi, g'alaba esa omadli jamoaga nasib etdi. Ayniqsa, “Maksam-Chirchiq” va “Navbahor” uchrashuvi ham tomoshabop o'tdi. Birinchi bo'limda namanganliklar ikkita to'p oldinda edi, ikkinchi bo'limning yarmiga qadar chirchiqliklar uchta javob to'pi kiritishib, hisobda oldinga o'tib ham olishdi. Lekin o'yin yakuniga qadar “Navbahor” tashabbusni o'z qo'liga oldi va g'alabaga erishdi.

Futzal. Oliy liga

Toshkent. “Yunusobod” s.m. 5-tur.

Ikkinchi  kun. 14 yanvar, juma

 

BUNYoDKOR – NEFTChI – 3:2 (1:0). 34 tomoshabin.

Hakamlar: Jamoliddin Najmiddinov, Oybek Kallaxo'jaev, Husniddin Bahodirov

Nazoratchi: Sergey Petrov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Shohruh Shokarimov (22), Olimjon Vohidov (38) – Jahongir Maxsudov (11-o'z darv.), Abdusattor Abdurahmonov (37), Diyorjon Karimov (39)

Ogohlantirishlar: Aslbek Isroilov (17), Islom Salimov (20), Umidjon Zayniddinov (39) – Elyor Domlaev (26), Jahongir Maxsudov (29).

 

PAXTAKOR – DINAMO – 6:5 (2:1). 73 tomoshabin.

Hakamlar: Husniddin Bahodirov, Adham Rixsiboev, Oybek Kallaxo'jaev

Nazoratchi: Valentin Shashkov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Alisher Ibrohimov (8, 23, 25), Zahriddin Abduvaliev (16), Feruz Faxriddinov (36), Konstantin Sviridov (39) – Daler Eshonqulov (2, 24), Muhammad Rajabov (21), Mehroj Xudoyberdiev (31), Samariddin Berkinov (40

Ogohlantirishlar: Akmal Elmurodov (21), Konstantin Sviridov (26), Dilshod Irsaliev (40) – Samariddin Berkinov (40).

 

MAKSAM-ChIRChIQ – NAVBAHOR – 3:5 (0:2). 58 tomoshabin.

Hakamlar: Xushnud Otamurodov, Rustam Tog'aev, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Javlon Anorov (23), Husanjon G'aniev (26), Bekzod Jumaboev (28) – Azimjon Ne'matullaev (10), Farhodjon Shokirov (12, 31, 32), Hakimjon Abdurashidov (36)

Ogohlantirishlar: Botir Rizaev (29), Timur To'raqulov (31) – yo'q.

 

AGMK – LOKOMOTIV – 0:0. 845 tomoshabin.

Hakamlar: Umid Po'latov, Husan Muzaffarov, Hushnud Otamurodov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Ogohlantirishlar: Davlat Ibrohimov (24), Sunnatulla Jo'raev (33) – Jamoliddin Normirzaev (13), Akbar Usmonov (35).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»