![]() |
“Fiorentina” yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida rossiyalik hujumchi Aleksandr Kokorin bilan xayrlashmoqchi.
RB Sport xabariga ko'ra, Italiya klubi 31 yoshli futbolchini u bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishib olgan istalgan klubga tekinga berishga tayyor.
Kokorinning "Fiorentina" bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. U 2021 yilning yanvarida 4,5 million evro evaziga «Spartak»dan italyan klubiga o'tgan edi. O'shandan beri hujumchi 11 ta o'yin o'tkazib, gol ura olmadi.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»