Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:52
KirishRo'yxatdan o'tish
Farrux Qilichev 69 kilogramdagi asosiy raqibimiz kimligini aytdi
  22 Iyul, 14:15  54

.

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Farrux Qilichev Tokio Olimpiadasi 69 kilogramm vazndagi asosiy raqibimiz kimligini aytdi.

Bobo-Usmon Baturovning asosiy raqibi kim degan savolga murabbiy quyidagicha javob berdi.

"Yaponiyalik Sevon Okadzava asosiy raqiblardan biri. Baturov uni Osiyo chempionatida mag'lub qilgan. Lekin, o'z uyingda devorlar ham yordam beradi. Yaponiyaliklar ham oltin uchun harakat qilishadi. Qozog'istonlik Ablayxan Jusupov ham yaxshi bokschi. Umuman olganda 69 kg vaznda 26 bokschi bor", - deb javob berdi Farrux Qilichev.

Malumot uchun, 2004 yildan buyon Olimpiya o'yinlarida -69 kg vazn toifasida faqat qozog'istonlik bokschilar oltin medalni qo'lga kiritib kelishadi. 


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»