Hi, Guest! Soat: 03:41
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Engilmas nokautchi Bahodir Jalolovni jangga chorladi
  24 Noyabr, 08:10  238

.

Bahodir Jalolovni jangga chorlashdi.

Superog'ir vaznda 23 yoshli amerikalik bokschi Jared Anderson (12-0, 12 KO) hamyurtimiz Bahodir Jalolov (11-0, 11 KO) bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi."Men og'ir vazndagi eng yaxshi bokschiman. Men xarizma va tabassum ila faoliyatimni davom ettiraman. Men buni odamlarni rohatlantirish uchun qilaman. Barchangiz buni ko'rib, bilib turibsiz.Jalolov — yaxshi bokschi. U masofa saqlashni biladi. Qanday vaziyatda zarba yo'llash kerak emasligini biladi. SHuningdek, u chap qo'lda yaxshi jang qiladi. Agar Jalolov AQSHga kela olsa, men jang qilishim mumkin bo'lgan yigitlardan biri bo'ladi", - deb aytib o'tgan Anderson.Jared Anderson so'nggi jangini 27 avgust kuni serbiyalik Milan Rovchanin (24-2-0)ga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.Bahodir Jalolov 26 noyabr kuni AQSHda Kyortis Xarperga qarshi jang qilishi haqida avvalroq xabar bergan edik.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»