![]() |
"Valyadolid"ning ekvadorlik hujumchisi Gonsalo Plata Osiyo klubiga o'tishi mumkin.
Saudiya Arabistoni chempionatining mashhurligiga qaramay, JCh-2022 ishtirokchisi Qatarning “As-Sadd” klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "bo'rilar" bosslari 15 million evro, jumladan 3 million evrolik bonuslar bo'yicha taklif yuborishgan.
Xabar qilinishicha, Plata shaxsiy shartlarni muhokama qilish uchun tez orada Qatarga uchadi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi 2021 yildan buyon "Valyadolid" libosida to'p tepmoqda va barcha turnirlarda 66 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan.
Transfermarkt portali 22 yoshli sportchining narxini 5 million evroga baholamoqda.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»