most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 00:24
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
EChL. Bugun Mbappe, Messi, Neymar triosiga ega PSJ o'z yurishini boshlaydi (prevyu)
  15 Sentyabr, 07:35  8

.

Bugun Chempionlar Ligasining asosiy favoritlaridan biri PSJ klubi Belgiyada «Bryugge» klubi mehmoni bo'ladi va joriy mavsum musobaqadagi ilk uchrashuvini o'tkazadi.

 

Oldingi uchrashuvlar

Jamoalar shu paytga qadar o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan. Ikkala uchrashuvda ham parijliklar g'alaba qozonishgan. Ushbu o'yinlar ham guruh bosqichiga to'g'ri kelgan. Belgiyada o'tgan birinchi bahsda 5:0 hisobi qayd etilgan. Kilian Mbappening xet-triki hamda Mauro Ikardining dubli Frantsiya klubiga uch ochkoni taqdim etgan. Parijda o'tgan bahsda esa Mauro Ikardining 22-daqiqada kiritgan goli uchrashuv taqdirini hal qilgandi.

Ushbu 6 ochko PSJga A guruhida 16 ochko bilan birinchi bo'lishni ta'minlab bergandi. Keyinchalik, jamoa musobaqa finaliga qadar etib borgan va yakunda «Bavariya»ga minimal hisobda (0:1) imkoniyatni boy berib qo'ygandi. «Bryugge» esa o'sha mavsum 3 ochko bilan uchinchi bo'lgan va guruh bosqichidan Evropa Ligasi 1/16 final bosqichiga yo'l olgandi.

 

Bilasizmi?

PSJ EChLda oxirgi 9 mavsumining barchasida pley-offga chiqishga muvaffaq bo'lgan. «Bryugge» esa so'nggi 8 mavsumida guruhdan chiqishga uddalay olmagan.

Joriy mavsum A guruhidan o'tgan mavsum finalchisi - "Manchester Siti"ning ham joy olishi, oxirgi ikkita mavsum finalchilari guruh bosqichidayoq to'qnash kelishligini bildiradi. Bundan tashqari, so'nggi mavsum kashfiyotlaridan biri - «Leyptsig» ham ularga munosib qarshilik qilishga harakat qiladi.

 

PSJning mazkur uchrashuv uchun bergan qaydnomasi bilan tanishib oling:

Tarkibda xalqaro o'yinlardan biroz kech etib kelgan Neymar va Leo Messi ham bor. Idrissa Gee hamda Anxel Di Mariya diskvalifikatsiya muddatini o'tashga majbur bo'lsa, Marko Veratti jarohati bois uchrashuvni o'tkazib yuboradi.


Taxminiy tarkiblar

Bryugge - Minole, Mata, Michele, Nsoki, Sobol, Vormer, Rits, Vanaken, Lang, Sova,Ketelaere

PSJ - Donnarumma, Hakimi, Markinyos, Kimpembe, Diallo, Errera, Paredes, Veynaldum, Messi, Mbappe, Neymar

 

Yo'qotishlar

Belgiyaliklar tarkibida Balanta va Izkideroda jarohat mavjud,Ueslining jismoniy holati esa o'yinga tayyor emas.

Parijliklar safida yuqorida aytib o'tilganidek, Anxel Di Mariya va Idrisse Gee (diskvalifikatsiya), Serxio Ramos hamda Marko Veratti (jarohat), shuningdek Leyvin Kyurzava ham jarohati bois bahsda qatnasha olishmaydi.

 

Raqamlar

«Bryugge»ning Chempionlar Ligasidagi oxirgi 7 uchrashuvidan oltitasida 2,5 tadan ko'proq gol kiritilgan.

PSJ so'nggi 3 uchrashuvida faqat mag'lubiyatga uchradi (Chempionlar Ligasi).

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Sandro Sharer (Shveytsariya)

Qanot hakamlari: Stefan de Almeida, Bekim Zogaj (Shveytsariya)

Zaxira hakami: Fedayi San (Shveytsariya)

VAR: Massimiliano Irrati (Italiya)

VAR yordamchisi: Styuart Atuell (Angliya)

 

Eslatib o'tamiz, «Bryugge» - PSJ uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»