![]() |
"Roma" hujumchisi Nikolo Dzanolo klub rahbariyatiga shartnomani uzaytirish shartlarini e'lon qildi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, bugun Rim vaqti bilan soat 16:00da tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishadi.
Dzanolo rahbariyatdan maoshlarni sezilarli darajada oshirishni talab qiladi. Futbolchi hozirgidan ko'proq maosh olishi kerak deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, "bo'rilar"ga kamida 50 million evrolik taklif tushsa, "Roma" Dzanologa jamoani tark etishiga ruxsat berishi qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, Dzanolo Konferentsiyalar ligasi finalida Rotterdamning "Feyenoord" klubiga qarshi o'yinda "Roma"ga g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgandi.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»