Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:45
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Diyor Imomxo'jaev: So'nggi yillarda xalqaro o'yinlar ham qolgan viloyatlarga taqsimlana boshlandi
  23 Iyun, 17:00  5

.

2023 yilning mart oyida O'zbekiston endi U20 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Farqli jihati mazkur musobaqada jahon chempionatiga 4 ta yo'llanma o'ynaladi.  

Bugunga kelib xalqaro o'yinlarga Toshkentdan tashqari Qarshi va Namangan mezbonlik qilishni boshlagan. Endilikda ular safiga Buxoro qo'shiladi. Biz aprel oyi yakunida Buxoroga borib viloyat hokimi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbari bilan uchrashgandik. Ayni vaqtda markaziy stadion futbol uchrashuvlarini qabul qilishni boshlagan. U20 Osiyo chempionati bahona Buxorodagi kichik mashg'ulot maydonlarida ham sezilarli ishlar qilinadi. Otellar masalasida Buxoroda hech qanday muammo yo'q. Kecha O'FA rahbariyati ham Buxoroda bo'lib, o'rganishni boshlagan.  

Joriy yil "Istiqlol" stadioni orqali biz Farg'onani mana shunday ro'yxatga qo'shishimiz mumkin bo'ladi. 2023 yil Andijon, Samarqand, Termiz, Xorazm masalasida ham yaxshi yurishlar bo'ladi.  

Bir vaqtlar katta o'yinlar poytaxtdan tashqariga chiqmagan. So'nggi yillarda biz nafaqat ichki miqyosdagi finallarni viloyatlarga olib chiqa oldik, balki xalqaro o'yinlar ham qolgan viloyatlarga taqsimlana boshlandi.

Diyor Imomxo'jaev.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»