![]() |
"Barselona" futbolchisi Usmon Dembele agenti bilan klubning yangi shartnoma bo'yicha taklifini o'rganmoqda. Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Jurnalist Gabriel Sansning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, shartnoma yangilanishi haqida har tomondan optimistlik bor. Futbolchi va klub kelishuvni 30 iyunga qadar uzaytirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Dembele o'tgan yozda "Barselona"ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin edi, ammo frantsiyalik futbolchi yakunda maoshini kamaytirishga rozi bo'ldi va klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Usmon ushbu mavsumda La Ligada 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga ega.
Manba: stadion.uz
Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»