Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 20:45
KirishRo'yxatdan o'tish
Del Pero Ronalduning ayni damdagi saviyasiga baho berdi
  10 Iyun, 20:00  16

.

«Yuventus»ning sobiq hujumchisi Alessandro Del Pero turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduning hozirgi saviyasi haqida gapirdi.

"O'ylashimcha, Ronaldu faoliyatining bir bosqichiga kirdi, u endi o'n yoki hatto besh yil oldin qilgan ishlarini bajara olmaydi. U hozirgi salohiyatiga moslashishi kerak.

U Allegri va klub bilan gaplashib, birgalikda klubda qolish yoki qolmasligini hal qilib olishi kerak", - dedi Del Pero.

Oldinroq, «Yuventus» Ronalduni Ikardiga almashtirishga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalayotgan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»