Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:21
KirishRo'yxatdan o'tish
Davlat Bobonov JCH finalidagi jangini yakunladi
  10 Iyun, 21:25  63

.

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqada -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonov finalda kelib chiqishi gruzin bo'lgan, Ispaniya sharafini himoya qiluvchi Nikoloz SHerazadishviliga qarshi tatamiga chiqdi va Golden Score'da imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, Bobonov JCH kumush medaliga sazovor bo'ldi. 

Bobonov musobaqa davomida bungacha Yaponiya, Isroil, Qozog'iston va Vengriya vakillarini mag'lubiyatga uchratgandi. 

Malumot uchun, Bobonovning ushbu medali O'zbekiston terma jamoasi uchun mazkur JCHdagi dastlabkisi bo'ldi.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»