Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:01
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Chelsi" futbolchisi "Yuventus" bilan muzokara olib bordimi?
  20 May, 22:30  4

.

"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinoning agenti Joau Santos mijozining "Yuventus" klubiga o'tishi borasida muzokaralar olib bormaganini aytdi.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi futbolchisining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

"Uning "Chelsi" bilan shartnomasi hali ham bor. Jorjino uchun ustuvor vazifa shartnomani uzaytirish. Afsuski, "Chelsi" Abramovichga qarshi qo'llanilgan sanktsiyalar tufayli hozircha muzokara olib bora olmayapti, ammo yangi xo'jayinlar qo'l ostida vaziyat qanday bo'lishini ko'ramiz", - dedi Jorjinoning agenti 1 Stadio Radio bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Jorjino UEFA talqini bo'yicha 2021/22 yilgi mavsumda Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»