Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:35
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Bugun Muhammad Alining tug'ilgan kuni. Afsona ijrosidagi eng ajoyib 10 ta g'alaba (+VIDEO)
  17 Yanvar, 19:30  56

.

Bugun boks afsonasi Muhammad Alining tavallud kuni.

Muhammad Ali - jahon boksi afsonasi

Muxammad Ali - asl ismi  Kássius Marséllus Kley. 1942 yilning 17 yanvarida Amerika Qo'shma SHtatlarida tug'ilgan. Jahon boksida yorqin iz qoldirgan. 

1960 yili o'tkazilgan 17 Olimpiya o'yinlarida chempion bo'lgan, og'ir vaznda mutlaq chempionlikni qo'lga kiritgan. Olti marotaba yil bokschisi unvonini qo'lga kiritgan. 

Kassius Marsellus Kley Kentukki shtatida rassom oilasida tug'ilgan. Uning bolaligi o'tgan Luisvillda 50-yillarda irqiy kamsitish avjiga chiqqandi. Bu esa 10 yoshli Kassiusning ruxiy xolatiga, inson sifatida shakllanishiga katta tasir o'tkazgan. 

Bu haqida Muhammad Ali eslaydi: "Men oynaga qaraganimda o'zimdan faxrlanardim. Qora tanli kichik bolakaylar uchun namuna bo'la oladigan inson yo'q edi. Biz kabi ko'rinadigan xech qanday qahramonmiz bo'lmagan. Xatto Isus ham suratlarda oq rangda edi. Keyin esa suratlardagi farishtalar ham oq rangda ekanligiga etibor berganman. Bir kun xatto onamdan so'raganman: Biz o'lganimizda nima bo'ladi? Biz jannatga tusha olamizmi?

Kley boks bilan 12 yoshidan boshlab shug'ullana boshladi. Bunga uning qizil velosipedini o'g'irlab ketishgani sabab bo'lgan. U ishlab topgan pullariga velosiped sotib olgandi. U bepul muzqaymoq tarqatilayotgan yarmarkaga borganida, velosipedini o'g'irlab ketishganini ko'rib qoladi. SHunda u juda hafa bo'ladi va oq tanli policiyachi Jo Martinga  vaziyatni tushuntiradi. O'g'rini do'pposlashini aytadi. Martin esa unga: do'pposlashdan oldin, buni o'rganish lozimligi haqida tushuntiradi. U Kassiusni yosh bokschilarni shug'ullantiradigan sportzalga taklif etadi. Ularning ko'pchiligi havaskorlar o'rtasidagi musobaqalarda qatnashishardi. 

Avvaliga Kley mashg'ulotlarga bormadi. Keyin esa Martinni "Bo'lajak chempionlar" televizion shousida ko'rib qoladi. SHundan so'ng u ham shug'ullansa do'stlari TV orqali ko'rishlari haqida o'ylaydi va kelasi kuni akasi bilan birga zalga boradi. Avvaliga mashg'ulotlar qiyin kechardi. Kley muntazam ravishda boshqa bolalar bilan kelishmovchilikka borar va butun zal bo'ylab o'zini eng zo'r sifatida elon qilardi, jahon chempioni bo'lishini aytib baqirardi. SHu sabab, Martin qahramonimizni bir muddat zaldan chetlashtirdi. Murabbiylar unda etarli potencialni ko'ra olmagandilar. Faqatgina yosh bokschiga djeb zarbasini to'g'ri bera olishni o'rgatgan murabbiy Fred Stounerdan tashqari.

U 2016 yilning 3 iyunida vafot etgan.

Etiboringizga Muhammad Alining faoliyatidagi eng ajoyib 10 ta jangni havola qilamiz. 


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»