Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 01:02
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Biz uni chempion sifatida bilamiz. Pasportiga ukrainlik deb yozilgan, ammo qora ro'yxatga tushgan Usikni hamisha millatchilik va diniy aqidaparastlikda ayblashadi
  17 Yanvar, 22:20  46

.

Jahon chempioni Aleksandr Usik millatchilik muammolariga hamisha duch kelgan.

Hozirda Aleksandr Usik Ukraina sportining asosiy yulduzi hisoblanadi. U bir necha bor ukrainparast poziciyasini tasdiqladi: u ringga hamisha Ukraina qo'shiqlari sadosi ostida, Ukraina bayrog'ini ko'targan holda chiqdi, ukrain tilida ommaviy intervyular berdi, shuningdek Donbassdagi Ukraina harbiy bazasi ro'yxatiga olindi.


SHunga qaramay, Ukrainda jahon chempioniga munosabat bir xil emas: bunga Qrimga tegishliligi, pravoslav cherkoviga nisbatan poziciyasi va unga tegishli filmlarda suratga tushgani sababdir. Lekin eng muhimi, Aleksandr ukrainlar va ruslar bir xalq degan fikrga ega.

Rossiyada, aksincha, Usik nafaqat oddiy muxlislar, balki siyosatchilar orasida ham juda mashhur. Bir necha bor ukrainalikka hatto fuqaroligini o'zgartirish taklif qilingan, ammo Aleksandr buni har doim rad etib kelgan.

Usik Qrimni ukrainaliklarniki deb atadi, biroq keyin o'z poziciyaisni o'zgartirdi. Bir marta u jurnalistlarning provokaciyalariga qattiq javob berdi

Aleksandrning Qrim bilan alohida aloqasi bor: u simferopollik. Bolaligida uzoq muddat onasi – Nadejda Petrovaning vatani hisoblanagan CHernigov viloyatining Ryabotin qishlog'ida yashagan. 1990 yilda Usiklar oilasi Qrimga qaytib keldi va Aleksandr shu erda 15 yoshida boksga borgan. 


SHu sababli, 2014 yil bahorda uning Qrim bilan aloqadorligi haqidagi savol jurnalistlar orasida ommalashdi. Usik 2014 yilning aprel oyida Vladimir Klichkoning anderkardida muvaffaqiyatli chiqish qildi va Kievga kelganida ukrainaliklar Qrim kimga tegishli degan savoliga javob olishdi:

«Men ukrainalik ekanligimni aytdim va hamon shu fikrdaman. Ha, men Siferopoldanman, lekin Qrim bu – Ukraina. Men uchun shunday. Nuqta», - dedi Usik. O'sha paytda Usiklar oilasi Qrimda yashagan. Darvoqea, Aleksandrning rafiqasi Ekaterina rus, ammo uning so'zlariga ko'ra, bu oila uchun muammo tug'dirmagan.


«Men Sashaning ukrainalik, o'zimning rus ekanligim haqida hech qachon o'ylamaganman. Hech qachon bunday savol bo'lmagan. Biz bir xil fikrdamiz, biz bir cherkovga borib ibodat qilamiz. Ammo hozir bu g'alati savol berilmoqda. Bizda hammasi yaxshi, biz bir-birimizni sevamiz, farzandlarimiz bor. Agar sevgi bo'lsa, qaysi millatdan ekanligimizning nima farqi bor? Bundan tashqari, bu meni qiziqtirmaydi. Turmush o'rtog'im hayotining asosiy qismini Ukrainada o'tkazadi, chunki u Ukraining Olimpiada chempioni va haqiqiy vatanparvari», - dedi Ekaterina.

Oradan ko'p vaqt o'tmay, Usikning Qrim haqidagi qarashlari o'zgardi. Kshishtof Glovacki bilan birinchi chempionlik jangini reklama qilish jarayonida Ukrainaning «1+1» telekanali jurnalisti Aleksandrdan Qrim kimga tegishli ekanligini so'radi:

«Qrim mening uyim. Men uni juda yaxshi ko'raman, men u erda tug'ilganman, bolalarim o'sha erda tug'ilgan. Qrim bu – Qrim».


Telekanal jurnalistlari matbuot anjumanlarida Usikka bir savolni berishda davom etaverishdi va 2018 yilning qishida har doim imkon qadar xushmuomalalik bilan munosabatda bo'ladigan bokschi bunga chiday olmadi:

«Bilasizmi, men nima, qaerda, qachon yuz marta takrorlaydigan to'tiqush emasman... CHegarani kesib o'tmasdan u erga borish imkoningiz bormi? U erda samolyotda ucha olasizmi? Iltimos, aytingchi, siz meni g'azablantirmoqchimisiz?" SHunda bazi oddiy fikrli odamlar: «Sen xoinsan va hokazo», deyishadi. Qaysi biringizga xiyonat qildimki, menga shunday pastkash savollarini berasiz? Men butun dunyoda Ukraina vakiliman. Ukraina bayrog'ini ko'taraman. Davlat madhiyasi ukrain tilida yangraydi. Mana sizga javobim, provakatorlar».


O'sha yilning oktyabr oyida, Dmitriy Gordonga bergan intervyusida, Aleksandr nihoyat yarimorolning mulki haqidagi savolni yopdi va uni ilohiy deb atadi:

«Qrimga sayohat qilish noqulay bo'lib qoldi, bazi chegaralar paydo bo'ldi, odamlar o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi. Bu falokat. U erda do'stlarim ko'p, birinchi murabbiyim u erda yashaydi, ilk klubim o'sha erda. 


Klubdagilar bilan har kuni yozishib turamiz, bir-birimizga qo'ng'iroq qilamiz. Tabiiyki, men ular bilan muloqotni yoki u erga borishni to'xtatmayman, chunki u erda mening ota-bobolarim dafn etilgan.

Uchishni boshlaganingizda, ilk qadamlaringizni kim bilan tashlaganingizni unutmang! Men qaerdan kelganimni unutmasligim shart. CHunki dastlab u erda: tumanda, keyin shaharda, keyin Qrimda tanildim. Men sinfdoshlarim, do'stlarimning qo'llab-quvvatlashi bilan musobaqalarga bordim.


Qrim kimniki? Xudoniki, chindan ham shunday. U qachon ukrainaliklarniki bo'ladi? Hammasi Yaratganing irodasi va odamlarga bog'liq. Men bu haqida o'ylamaslikka harakat qilaman. CHunki o'ylar qaysidir uzoq manzillarga etaklaydi… Siz o'ylay boshlaysiz va qayoqqadir ketasiz, u erda esa qorong'u zulmat hukm suradi. SHuning uchun men bunday fikrlarni o'zimdan uzoqlashtiraman».

Usik rus pravoslav filmida suratga tushganligi uchun Ukraina «Tinchlik o'rnatuvchi» harbiy bazasining «qora ro'yxat»iga tushdi va keyin Kiev – Pechersk qatlamini radikallardan himoya qilishini elon qildi

Aleksandr, jiddiy siyosiy vaziyatga qaramay, ukrainaliklar va ruslar o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan o'z poziciyasini yashirmaydi. Riodagi Olimpiada o'yinlari arafasida ham Usik ruslar va ukrainaliklarni bir xalq deb atagan. Jurnalist bokschidan vatanparvar bo'lib qolish qanchalik qiyinligini so'ragan:

«Men bu haqda gapirishni umuman yoqtirmayman va gapirishni xohlamayman. Odamlar o'zimni ko'rsatish uchun nima qilayotganlarimni kontekstdan chiqarib tashlashadi. Ular «Ukrainaga shon-sharaf» deb baqirishadi, lekin qanday qilib ulug'lashadi? Ular mamlakatni faqat boshi berk ko'chaga olib chiqishmoqda. SHunchaki har bir shaxs insoniylik bilan yashashi lozim. Men kutdim, bularning barchasiga qanday javob berishim kerakligi to'g'risida o'yladim. 


Qrimda meni qo'llab-quvvatlashadi, butun Rossiya bo'ylab muxlislarim bor. Aslida, men xalqlarimizni ajratmayman, chunki biz slavyanlarmiz. Hech qanday to'siq yo'q, to'siqlar faqat kimlarningdir miyasida bor» .

Bokschi bir necha bor Ukraina va Rossiya o'rtasidagi siyosiy munosabatlar haqida o'z fikrlarini batafsil bildirdi

«Rossiyada do'stlarim, tanishlarim ko'p va ular bilan muloqotda davom etaman. Ular sodir bo'lgan voqeada aybdor emaslar. Prezidentlar har kuni bir-birlari bilan gaplashadilar, muloqot qiladilar, biz esa bir-birimizni haydab, haqoratlaymiz. SHu vaqt ichida men «ayirmachi, kichik rus» ekanligimni juda ko'p eshitganman. Nomlar shunchalik ko'pki, menimcha, siz unga qo'shiq o'ylab topishingiz mumkin. Men ular xohlayotgan ishlarga ergashmayman. Odamlarga ishonma, ularga suyanib bo'lmaydi, Xudoga ishonish kerak. Odamlar meni boshqa joyga ko'chib ketishga undaydi, lekin men hech qaerga bormayman.


Bu mening yurtim, men yashaydigan joy. Nafaqat Rossiyadan, balki boshqa bir qator davlatlardan takliflar bo'ldi. Istasam, ancha avval ketgan bo'lardim. Xohlasam, o'zim uchun yashagan, bolalarim o'zi uchun o'qigan va men barchasini allaqachon unutgan bo'lardim. Ammo men biroz boshqacha odamman. Ukrainada o'zimni yaxshi his qilyapman. Inson qaerda tug'ilgan bo'lsa, u uchun o'sha er hamma joydan afzalroq bo'ladi» , - dedi Aleksandr.

2018 yil dekabr oyida Moskva Patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkoviga mansub bo'lgan Usik  radikallar tomonidan hujumga uchragan taqdirda Kiev-Pechersk qatlamini himoya qilishini elon qildi


«Nima uchun bazi radikal kuchlar biror joyga borib, nimanidir olib ketishlari kerak? Bu vaqtda policiya qaerda bo'ladi? Qonun qaerda? U qaysi tomonda bo'ladi? Tabiiyki, men uyimning, etiqodimning tarafini olaman».

«Korsunskaya Pustyn» YouTube kanalida paydo bo'lgan «Salom, birodarlar! Masih tirildi» nomli pravoslav filmida Usikdan tashqari Vasiliy Lomachenko ham rol o'ynagan. Video tarifida aytilishicha, film «Ukraina chempionlari va rossiyalik sportchilarning Ukraina kanonik pravoslav cherkovi uchun qiyin paytlardagi etiqodi va do'stligi, jangchilar Xudoga, etiqodga va vatanga sodiq qolishlari haqida so'zlaydi!»

Filmda ukrainalik bokschilardan tashqari ikki nafar rossiyalik sportchi – bokschi Aleksandr Trubnikov va qo'l jangi ustasi Aleksey Nazarov ham suratga tushgan 

Filmni suratga olishda Ukraina pravoslav cherkovi mitropoliti Onufri va boshqa ruhoniylar ham ishtirok etishdi.


«Agar men Moskvadan, CHelyabinskdan, Londondan yoki boshqa shahardan kelgan odam bilan do'st bo'lsam, men uchun bular birinchi navbatda odamlardir, men odam bilan muloqot qilaman. Menga uning qaysi millat va qaysi shaharda yashashi muhim emas. Men tanishgan har bir odamning qo'lidan tutib, barmog'ini kesib tashlasang, ular ham menga o'xshab yaralanadi, meniki kabi qizil qon oqadi. Xullas, men biror millat yoki u biror hududda bo'lgan odam bilan emas, balki rus, polyak, amerikalik bilan muloqot qilaman... Agar bu odam menga mehribonlik bilan munosabatda bo'lsa, men ham unga shunday munosabatda bo'laman», - dedi Usik filmda. 

Film namoyish etilgandan so'ng, ikkita mashxur ukrainalik bokschi darhol «Tozalash» bo'limidagi «Tinchlik o'rnatuvchi» veb-saytining Ukrainaga qarshi harakatlar qilgan yoki Ukrainaga qarshi bayonot bergan odamlarning malumotlar bazasiga kiritildi


Bunga javoban Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov Usik va Lomachenkoga Rossiya pasportini olishda yordam berishga tayyorligini aytdi:

«Usik va Lomachenko hurmatga loyiq insonlar, o'z poziciyalarini himoya qiladigan munosib sportchilardir. Bu Ukrainaning poziciyasi emas, ular sevilmaydi. U erda ikkalasini ham sevadilar. Nafaqat Ukrainada, balki Rossiya va Belarusiyada ham butun pravoslav dunyosi ularni yoqtirishadi va qo'llab-quvvatlaydi. Men ham qo'llab-quvvatlayman. Ukrainada dollar uchun yugurib, buyurtmani bajaruvchi o'nlab haromlar bor. Bu erda ular baxtsiz bo'lishi mumkin. Ammo bundaylar Ukrainadagi 40 million odamdan ko'pi bilan bir necha ming kishini tashkil etadi».

Usik yana bir bor Rossiya fuqaroligini olmasligini va Ukraina hududini tark etmasligini elon qilishi kerak edi:


«Ukraina – mening vatanim. Men shu erda tug'ilganman va yashayman. Agar men mamlakatni tark etmoqchi bo'lsam, buni allaqachon qilgan bo'lardim, lekin men hech qaerga ketishni xohlamayman. Siz esa meni bu erdan haydab chiqara olmaysiz. CHunki bu mening vatanim. Odamlarni ajratishning hojati yo'q. Telekanallar! Bayonotlarni kontekstdan olib tashlamang, xalqni ajratmang. Ukraina xalqini ajratmang. Biz ukrainalikmiz. Biz kichik ruslar emasmiz, biz separatistlar emasmiz. Pasportimda ukrainalik ekanligim yozilgan».

Pravoslav filmida suratga tushish Usikning kinodagi debyuti bo'lmagan

Avvalroq u «Jang qoidasi» filmida epizodik rol o'ynagan, shuningdek, «Ruslan va Lyudmila» Ukraina to'liq metrajli multfilmi dublyajida o'zini sinab ko'rgan. Aleksandrning jiddiy ambiciyalari bor edi - Gollivudni zabt etishga urinish. Malum bo'lishicha, Usik bokschilik faoliyatini to'xtatib, teatr universitetiga kirmoqchi bo'lgan.


«Bir paytlar men teatrga kirmoqchi edim. Ammo shunday bo'ldi va Xudo meni boshqa yo'ldan boshlab ketdi: o'smirlar o'rtasidagi Ukraina chempionatida g'olib chiqdim va bir yildan keyin jismoniy tarbiyaga borishga majbur bo'ldim. Lekin menga bu narsalar yoqadi. Menga yangi sohalarda o'zimni sinab ko'rish yoqadi, nimanidir o'rganish, o'qish yoqadi. SHunga o'xshash ishlar. Faoliyatim tugagach, Gollivudda, filmlarda rol o'ynayman. Mening Amerika kino olamidan bir nechta do'stlarim bor, ular bilan Los-Anjelesda uchrashdik, muloqot qildik va shunga o'xshash narsalarni muhokama qildik. Hozircha kim bilan rol o'ynashimni bilmayman. Avval ko'proq o'rganishim kerak. Rol ijro etaman va muvaffaqiyatga erishaman deyish o'ziga juda ishonish bo'ladi. Lekin men o'zimga ishongan yigitman va o'rganishga tayyorman», — dedi Aleksandr.

Usik chempionlik kamarlarini qanday qilib qo'lga kiritganini yaxshi bilgan holda, aktyorlik faoliyatiga jiddiy yandashishiga shubha yo'q.

Sarvinoz RAXMONQULOVA tarjimasi.


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»