Hi, Guest! Soat: 06:07
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Bellingem muhim qarorni qabul qilgan
  23 Sentyabr, 04:35  10

.

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem "Real"ga o'tmoqchi, deb yozmoqda jurnalist Xose Alvares Gaya o'z tvitterida.

Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" yosh iqtidor uchun ustuvor variant hisoblanadi. Angliyalik futbolchi allaqachon "Real" vakillari bilan bog'lanib, transferga dastlabki roziligini bergan. Avvalroq yarim himoyachiga "Manchester Siti" va "Liverpul" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Dortmundning "Borussiya" klubi uning uchun 150 million evro talab qilmoqda.

19 yoshli Bellingem joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Oxirgi fikrlar

Фойдаланувчи қоидалари
Reklama bo'yicha murojaat
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»