Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 04:32
KirishRo'yxatdan o'tish
Bekzod Abdurahmonov Olimpiadaga tayyorgarlikni AQSHda davom ettirmoqda + FOTO
  4 May, 13:55  16

.

Jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi, Tokio Olimpiadasi licenzianti Bekzod Abdurahmonov ayni paytda AQSHda bo'lib turibdi.

Abdurahmonov qisqa tanaffusdan so'ng okean ortiga yo'l oldi va hozirda erkin kurash bo'yicha AQSH, Puerto-Riko hamda Meksika terma jamoalari azolari bilan birgalikda Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu kurashchilarning bari Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgan. 

Mashg'ulotlarda jahon chempionati sovrindori, ikki Olimpiadada ishtirok etgan, Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida hamyurtimiz Ixtiyor Navro'zovga yutqazgan puerto-rikolik Franklin Gomes Matos, AQSH terma jamoasi etakchisi, ikki karra jahon chempioni (Budapesht-2018, Nur-Sultan 2019) Kayl Deyk, jahon chempionatining kumush medali sovrindori Tomas Gilman, meksikalik ayol kurashchi Jeyn Valensiyani ko'rish mumkin. Franklin va Deyk aynan Abdurahmonovning vazndoshlari hisoblanadi.   


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»