Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 20:18
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Bavariya"da mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
  29 Iyun, 00:25  6

.

Hujumchi Tomas Myuller “Bavariya”ning 2021/22 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bunday qaror Myunxen jamoasi muxlislari tomonidan ovoz berish jarayonida qabul qilindi. Ikkinchi o'rinni yarim himoyachi Jamal Musiala (19 foiz), uchinchi o'rinni esa so'nggi ikki yil ichida eng yaxshisiga aylangan hujumchi Robert Levandovski (18 foiz) egalladi.

Tomas Myuller ovoz berish jarayonida 26 foizdan sal kamroq ovozni qo'lga kiritdi.

32 yoshli Tomas o'tgan mavsumda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»