Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 21:20
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Bavariya" Gnabrini jiddiy jazolashi mumkin
  29 Iyun, 00:05  10

.

"Bavariya" hujumchi Serj Gnabri klubda qolib, 2023 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirmasa, unga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko'rib chiqmoqda.

Kicker jurnalisti Georg Xolznerning yozishicha, "qizillar" rahbarlari yangi mavsumda futbolchini qaydnomadan chetda qoldirishga tayyor, buning natijasida Gnabri o'yinlarni tribunadan kuzatishga majbur bo'ladi.

Myunxen klubi allaqachon futbolchiga hamkorlikni uzaytirishni taklif qilgan, biroq futbolchi uni qabul qilishga shoshilmayapti.

Gnabrining fikricha, klub boshliqlari u bilan shartnomani avvalroq uzaytirish masalasini hal qilishlari mumkin. Futbolchi hozir ta'tilda, shundan so'ng u kelajagi haqida qaror qabul qiladi.

2021/22 yilgi mavsumda Gnabri "Bavariya" safida barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»