Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 19:07
KirishRo'yxatdan o'tish
Ahmad Ali Qosim: «O'zbekiston favorit hisoblanadi, ammo biz o'z kuchimizga ishonamiz»
  10 Iyun, 19:25  7

.

JCh-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston va Yaman terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida raqibimiz bosh murabbiyi Ahmad Ali Qosim ishtirok etib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ertangi o'yinimiz og'ir kechishini bilamiz. O'zbekiston terma jamoasi — guruhda favoritlardan biri. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvda tezkor gol bizni qiynab qo'ydi. Keyingi o'yinga biz jiddiy tayyorlandik.

O'zbekiston favorit hisoblansa ham biz o'z kuchimizga ishonamiz. Biz avvalgi uchrashuvda durangga loyiq edik.

Falastin O'zbekiston ustidan g'alaba qozongach bizda ishonch paydo bo'lgandi. Ammo hujumga tashlanib himoyada xatolarga yo'l qo'yib, yirik hisobda yutqazganmiz. Bu safar O'zbekistonning qanday kuchga ega ekanligini bilib turibmiz.

O'zbekiston bir xil darajadagi 23 futbolchiga ega. Ularning birini alohida ajratishni istamagan bo'lardim. Barchasi yuqori saviyada o'ynashadi", — dedi Ahmad Ali Qosim.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»