Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 20:40
KirishRo'yxatdan o'tish
Abramov: "Jarohatlarimiz borligi sababli ertaga ba'zi o'zgarishlar qilsak kerak"
  10 Iyun, 19:50  6

.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov JCh-2022 saralashi doirasidagi Yamanga qarshi o'yindan oldin matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Bizda maqsad o'sha-o'sha. Keyingi bosqichga chiqish uchun har keyingi o'yinga jiddiy tayyorlanamiz.

Biz har bir o'yinimizni yutishimiz kerak. Yamanni hurmat qilamiz. Ular ham bu erda o'z uyidagidek his qilishadi. Yamanlik muxlislar ko'p. Biz hozir faqat Yaman haqida o'ylayapmiz.

Yamanga qarshi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Masharipovdan yaxshi futbol kutaman. U yaxshi futbolchi va liderlardan biri. Shu erda ham o'zini ko'rsatishi kerak.

Har jamoa raqibi imkon berganchalik o'ynaydi. Bizga o'z o'yinimizni ko'rsatishga imkon berilsa yaxshi bo'ladi. Jarohatlarimiz bor. Shu sabab ertaga ba'zi o'zgarishlar qilsak kerak", - dedi Abramov.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»