Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 21:02
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
«Nyukasl» klubi Saudiya Arabistoni terma jamoasi libosiga o'xshash ekipirovkani namoyish qildi (foto)
  29 Iyun, 00:05  4

.

Angliyaning «Nyukasl» jamoasi 2022/23 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini taqdim etdi.

2021 yil oktyabr oyida Saudiya Arabistoni konsorsiumi tomonidan sotib olingan ingliz klubining yangi mavsum uchun uchinchi libosi Saudiya Arabistoni bayrog'i ranglarida bo'ladi. Liboslarning asosiy ranglari — oq va yashil.

«Hakkalar»ning yangi libosi Saudiya Arabistoni terma jamoasining libosini eslatib yuboradi. Mazkur dizayn haqida may oyida xabar chiqqan va u ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab noroziliklarning yangrashiga sabab bo'lgandi.



Saudiya Arabistoni terma jamoasining libosi

Bundan tashqari Amnesty International inson huquqlari tashkiloti libosning ushbu shaklini tanlash Saudiya Arabistonining sport orqali o'z imijini yaxshilashga urinishidan dalolat beradi, deya bayonot berdi.

«Tanqidlardan xabardorman. Ushbu masalani nazorat qila olaman, deb o'ylamayman. Saudiya Arabistoniga safar chog'ida u erda ‘Nyukasl’ga qiziqish katta ekanini angladik.

Bu mening taxminim, lekin bizning liboslarimizni ishlab chiqaruvchilar buni payqagandir. Shuning uchun bu sodir bo'ldi», — deydi «Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Hau.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistonining ayni vaqtdagi hukumati va rahbarlari turli xalqaro tashkilotlar tomonidan inson huquqlarini buzishda ayblanib keladi.

2021 yil oktyabr oyida Saudiya Arabistoni hukumati davlat investitsiya fondi (PIF – Public Investment Fund) Angliyaning «Nyukasl Yunayted» klubini sotib oldi. Bu futbolga egalik qiladigan kompaniyalar ichida eng boyi hisoblanib, shaxsan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga aloqador.

«Nyukasl» 2021/22 yilgi mavsum APLni 49 ochko jamg'arib, 11-o'rinda yakunladi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»